Tramp Mirziyoyevni “sherik” deb, u bilan yaqin hamkorlik qilmoqchiligini aytdi

Jamiyat

image

Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, XXR raisi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga tabrik yo‘llagani haqida xabar bergan edik. 

Donald Tramp o‘z maktubida Prezident Mirziyoyevni tabriklash baroborida, uning 2018 yil may oyida AQSHga amalga oshirgan davlat tashrifini xotirlaydi. 

“Sizning Oq uyga tashrifingizni yodga olib, mamlakatlarimiz o‘rtasida so‘nggi yillarda mustahkamlanib borayotgan strategik muloqotlarni yuqori baholashimni ta’kidlashni istar edim”, deydi Tramp. 

AQSH Prezidenti O‘zbekiston rahbarining mamlakat va xalqi uchun sodiqligini qadrlashini quyidagicha qayd etgan: 

“Sizning O‘zbekiston ahliga xizmat qiluvchi yanada mustahkam, shaffof va mas’uliyatli tashkilotlar yaratish orqali mamlakat kelajagiga sodiqligingizni qadrlayman”.

Tramp maktubida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli loyihalar va Mirziyoyevning yutuqlarida o‘zini sherik sifatida ko‘rsatadi va bundan g‘ururlanishi bildiradi. 

“Sizning muvaffaqiyatli yutuqlaringizda sherik bo‘lishdan g‘ururlanamiz”, deydi Tramp

Prezident maktubi so‘ngida Mirziyoyevga tilaklarini izhor etib, u bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilmoqchi ekanini aytgan. 

“Sizga va O‘zbekiston xalqiga kelgusi yillar barqaror va samarali bo‘lishini tilayman. Yanada yaqinroq hamkorlikni qizg‘in kutib qolaman”.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing