Tramp Meksikaga raketa zarbasi uyushtirmoqchi bo‘lgan – Esper
Olam
−
06 may 2022
6354AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp hokimiyatdaligida Meksikadagi narkolaboratoriyalarni yo‘q qilish uchun mamlakatdagi nishonlarga raketa zarbalari berishni taklif qilgan. Bu haqda sobiq Mudofaa vaziri Mark Esperga tayanib xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, Esper o‘zining memuarida Tramp 2020 yilning yozida kamida ikki marta narkolaboratoriyalarni portlatish g‘oyasini ilgari surganini yozadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq Prezident Qo‘shma Shtatlar “narkolaboratoriyalarni yo‘q qilish uchun Meksikaga raketalar uchirishi” kerakligini aytgan.
Qayd etilishicha, Tramp Esperning e’tirozlariga “Bu biz ekanimizni hech kim bilmaydi”, deya javob bergan.
“Biz bir nechta Patriot raketalarini uchirib, laboratoriyalarni jimgina yo‘q qilishimiz mumkin edi”, degan sobiq Prezident.
Qayd etilishicha, Pentagonning sobiq rahbari avvaliga buni hazil deb taxmin qilgan, biroq Trampga qarab, fikridan qaytgan.
2016 yilda Prezident bo‘lgan Trampning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy va’dalaridan biri bu Meksika bilan chegarada devor qurish edi. AQSH Meksika bilan chegarada 1990-yillardan beri devor qurib kelgan. Tramp saylangan paytda uning uzunligi ming kilometrdan ortiq bo‘lgan. Tramp “giyohvand moddalarning kuchli oqimini” to‘xtatish uchun uzunlikni 1600 kilometrgacha oshirmoqchi bo‘lgan. Uning ma’muriyati 11 milliard dollar evaziga 700 kilometr devor qurgan. Amaldagi Prezident Jo Bayden esa loyihani moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘ygan.
LiveBarchasi