Tramp masjid va ibodatxonalarni imkon qadar tezroq ochishga chaqirdi
Olam
−
23 may 2020
6410AQSH Prezidenti Donald Tramp barcha shtatlar rasmiylarini “hoziroq“ tashriflar uchun diniy ibodat maskanlari ochishga chaqirdi. Bu haqda “Lenta.ru“ nashri xabar berdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, hozirda cherkovlar, ibodatxonalar, masjidlar va boshqa ibodat joylari kerak. Uning ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi paytida ba’zi shtatlardagi hokimiyat idoralari diniy binolarga tashrif buyurishni taqiqlab qo‘ygan holda alkogol do‘konlari va abort klinikalari ishlashiga ruxsat bergan. Prezident buni adolatsiz deb atadi.
Qayd etilishicha, Prezident ma’muriyati butun mamlakat bo‘ylab cherkovlarni ochish bo‘yicha qo‘llanmani nashr qilishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, ko‘plab Amerika diniy ibodat maskanlarining rasmiylari pandemiya munosabati bilan cheklov choralariga qarshi norozilik bildirishgan. Ular tomonidan bu cheklovlar fuqarolarning diniy erkinliklariga bo‘lgan huquqlarining buzilishi sifatida ko‘rilgan.
LiveBarchasi