Tramp Maskka “do‘konini yopib”, Afrikaga qaytishni taklif qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask bizneslarini yopib, Janubiy Afrikaga qaytishi kerakligini aytdi. Bu haqda o‘zinig Truth Social tarmog‘ida ma’lum qildi.

Trampga ko‘ra, biznesmen Vashingtonni tark etsa, byudjetdan katta pul tejaladi.

“Ilon, ehtimol tarixdagi har qanday odamdan ko‘ra ko‘proq subsidiya oladi va subsidiyalarsiz u do‘konini yopib, uyiga, Janubiy Afrikaga qaytishi kerak edi. Endi raketalar, sun’iy yo‘ldoshlar yoki elektromobil ishlab chiqarish bo‘lmaydi va mamlakatimiz juda ko‘p pulni tejaydi”, deydi AQSH rahbari.

Ma’lumot uchun, Mask – dunyodagi eng boy odam. “Bloomberg” uning boyligini 363 milliard dollar deb baholagan. Mask Trampning prezidentlik kampaniyasining asosiy homiylaridan biri edi. U Janubiy Afrikada tug‘ilib o‘sgan va 17 yoshida avval Kanadaga, so‘ngra o‘qish uchun AQSHga borgan va u yerda keyinchalik biznes bilan shug‘ullangan. U Janubiy Afrika hukumatini bir necha bor tanqid qilgan va uni “oq genotsid”da ayblagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ilon Mask jamoatchilik orasida shov-shuvga sabab bo‘lgan AQSH Prezidenti Donald Tramp haqidagi so‘zlari uchun X ijtimoiy tarmog‘ida uzr so‘ragandi. Keyinchalik esa u Rossiya Tashqi ishlar vazirligidan siyosiy boshpana so‘ragani xabar qilindi.

Dilshod Hakimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afrika Donal'd Tramp SpaceX Ilon Mask Tesla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing