Ilon Mask Rossiyadan siyosiy boshpana so‘radi (video)
Olam
−
20 iyun 30912 1 daqiqa
Amerikalik milliarder Ilon Mask Rossiya Tashqi ishlar vazirligidan siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi spikerining o‘rinbosari, “Yangi odamlar” partiyasi vakili Vladislav Davankov Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ma’lum qildi.
"Menimcha, Ilon Mask xatolarga yo‘l qo‘ygan, ammo bu xatolarni kechira olish kerak. Agar bu amalga oshmasa, biz uni doimo kutamiz," dedi Vladislav Davankov.
Davankovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirligidan boshpana berish bo‘yicha javob bir oy ichida kelishi kerak.
Bu bayonot Mask va 2025 yil yanvarida Oq uyga qaytgan AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgani haqidagi mish-mishlar fonida yangradi. Manbalarga ko‘ra, Maskning so‘rovi AQSH rasmiylari bilan so‘nggi paytlarda ommaviy mojarolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 2025 yil may oyida Mask Vashingtonda keskin reaksiyaga sabab bo‘lgan AQSHning iqtisodiy siyosatini ochiqchasiga tanqid qildi.
Ilon Maskning otasi Errol avvalroq Rossiyaga borgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask jamoatchilik orasida shov-shuvga sabab bo‘lgan AQSH Prezidenti Donald Tramp haqidagi so‘zlari uchun X ijtimoiy tarmog‘ida uzr so‘ragandi.
Dilshod Hakimov
Live
Barchasi