Tramp maxfiy ma’lumotlar sizdirilishi ortidan maslahatchisini Oq uydan quvadimi?
Olam
−
25 mart
4254AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uoltsni Yamandagi AQSH zarbalari haqidagi ma’lumotlar sizdirilishi haqidagi xabarlardan so‘ng ham ishdan bo‘shatish niyatida emas. Bu haqda CNN jurnalisti Alayna Trin manbalarga tayanib, X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy rahbariga “Atlantic” jurnali bosh muharriri Jeffri Goldbergning maqolasi haqida brifingda ma’lum qilingan. AQSH ma’muriyatining yuqori martabali vakillari uni tasodifan husiylarga zarbalar muhokama qilingan guruh chatga qo‘shib qo‘ygan.
“Tramp o‘z maslahatchisiga sodiq qoladi va Rossiya va Ukraina bilan Ukraina kelishuvi bo‘yicha muzokaralarda Amerika tomoni ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Uoltsni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmayapti”, deb yozdi jurnalist.
Shu bilan birga, jurnalistning yozishicha, brifing davomida Tramp “Goldbergdan noroziligini bildirib, uning ma’muriyatiga nisbatan tanqidiy munosabatini qayd etgan”.
Pentagon rahbari Pit Hegset esa ma’lumotlarning sizdirilishini rad etib, hech kim chatlarda hech qanday harbiy ma’lumot yubormaganini ta’kidlagan.
LiveBarchasi