Tramp ma’muriyati Rossiya-NATO kengashini qayta tiklamoqchi

Olam

image
Tramp NATO davlatlariga ultimatum qo‘ydi – “Speagel”  north_east

Tramp NATO davlatlariga ultimatum qo‘ydi – “Speagel” 

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiya-NATO kengashi doirasida xavfsizlik bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashni taklif qildi. Bu haqda manbasiga tayanib, kecha, 15 may kuni “Bloomberg” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu taklif yaqinda Amerikaning Rossiya-Ukraina urushini tinch yo‘l bilan hal qilish rejasiga kiritilgan. “Bloomberg”ning eslatishicha, Moskva shu paytgacha AQSHning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifidan qochib kelgan.

Reja, xususan, mojaroni muzlatish, Rossiyaning Qrim ustidan nazoratini tan olish va urush tufayli Amerika tomonidan Rossiyaga kiritilgan sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutadi.

Ukraina, AQSH rejasiga ko‘ra, ishonchli xavfsizlik kafolatlari va qurolli kuchlarini rivojlantirish imkoniyatini oladi.

Ma’lumot uchun, Rossiya-NATO kengashi 2002 yilda tuzilgan. Uning maqsadi Rossiya Federatsiyasi va Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va harbiy-siyosiy harakatlarni muvofiqlashtirish edi.

Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi ortidan Rossiya-NATO kengashi amalda o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bunday formatdagi so‘nggi uchrashuv 2022 yilning yanvarida bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 3 maydan 23 maygacha Litvada NATOning “Griffin Lightning 2025” nomli xalqaro harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Uning doirasida Germaniyaga tegishli harbiy vertolyotlar Litva havo hududida, kunning yorug‘ va qorong‘i paytlarida past balandlikda parvoz qiladi. Mazkur mashg‘ulotlar uchun Germaniya harbiy aviatsiyasi Litvaga ko‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Rossiya Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing