Tramp koronavirusni boshqacha usul bilan davolashni taklif qildi
Olam
−
24 aprel 2020
10570AQSH Prezidenti Donald Tramp koronavirusni quyosh nuri bilan davolashni taklif qildi. Bu haqda davlat rahbari jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.
Trampning ta’kidlashicha, nurni tananing ichkarisiga yetkazilishi mumkin bo‘lsa, virus to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ta’siridan bir daqiqada nobud bo‘lishini tushuntirdi. Uning fikricha, virus quyosh nuriga nisbatan juda zaif.
“Agar biz tanani ultrabinafsha nurlanishining kuchli ta’siriga yoki shunchaki juda kuchli nurga duchor qilsak organizmdagi virus o‘ladi“, deydi Oq uy rahbari.
Amerika rahbari shuningdek, olimlar COVID-19 haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘layotganliklarini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotchilar virusning sovuq va quruq muhitda yaxshiroq yashashi haqida xabar berishgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 886 709 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 85 922 nafari sog‘aygan, 50 243 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 750 544 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi