Tramp koronavirusga qarshi vaksina tekin bo‘lishini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish bepul bo‘lishini istisno qilmadi. U bu haqda Oq uyda jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

AQSH rasmiylari vaksinani bepul qilishni rejalashtirmoqdami, degan ma’nodagi savolga javob qaytarar ekan shunga o‘xshash imkoniyat hozirda ko‘rib chiqilmoqda, deya ta’kidlab o‘tgan Tramp.

“Biz vaksinalarni ishlab chiqishda katta yutuqlarga erishdik”, dedi Amerika rahbari.

Shuningdek, u kelajakda boshqa mamlakatlarga vaksinani arzon narxlarda taqdim etishga tayyorligini bildirdi. Tramp yil oxirigacha preparat paydo bo‘lishidan umid qilmoqda. Biroq ko‘plab mutaxassislar bu ish kelgusi bahordan ertaroq bo‘lmasligini aytmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda koronavirusga 1 385 834 nafar odam chalindi. Kasallik tufayli 81 795 kishi vafot etgan bo‘lsa, 262 225 bemor shifo topdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

259

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing