Tramp xotini yozgan xatni Putinga berdi

Olam

Alyaskadagi uchrashuv: Putin va Tramp bayonotidan asosiy nuqtalar north_east

Alyaskadagi uchrashuv: Putin va Tramp bayonotidan asosiy nuqtalar

Alyaskadagi Elmendorf-Richardson qo‘shma harbiy bazasida Toshkent vaqti bilan bugun, 16 avgust kuni soat 04:25 atrofida AQSH va Rossiya Prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning uchrashuvi yakunlandi. Sammit chog‘idaTramp turmush o‘rtog‘i Melaniya Trampning yozgan xatini Putinga yetkazdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, birinchi xonim Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yozgan shaxsiy maktubida Moskvaning agressiv urushi paytida Rossiya tomonidan o‘g‘irlab ketilgan ukrainalik bolalar masalasini ko‘targan. Oq uy rahbari rafiqasining boshqa davlat rahbariga yozgan xatini o‘z egasiga yetkazgan bo‘lsa-da, Melaniya maktubining keyingi taqdiri noma’lum.

2023 yilda Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Putin va Rossiya Prezidentining Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Mariya Lvova-Belovani ishg‘ol qilingan Ukraina hududidan bolalarni o‘g‘irlashda ayblab, hibsga olishga order bergandi. O‘sha yilning mart oyida Ukrainada bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilish bo‘yicha 16 mingdan ortiq holat qayd etilgan.

Ukraina Ombudsmani Dmitriy Lubinetsga ko‘ra, Ukrainadan olib ketilgan ko‘plab bolalar noqonuniy ravishda homiylik ostidagi oilalarga topshiriladi yoki mehribonlik uylariga joylashtiriladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi (UNHCR) ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan beri Rossiya millionlab ukrainalik bolalarni azob-uqubatlarga solib, ularning huquqlarini poymol qilgan.

Joriy yilning 19 mart kuni Tramp ma’muriyati Rossiyaga majburan olib ketilgan ukrainalik bolalarni qidirib topish va Ukrainadagi Rossiya harbiy jinoyatlariga oid boshqa dalillarni to‘plash dasturini yakunladi. Agentlikning yozishicha, qaror Ukrainadan o‘g‘irlab ketilgan 30 mingga yaqin ukrainalik bolalar haqidagi yirik ma’lumotlar, jumladan, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va biometrik ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini yo‘qotishni nazarda tutadi.

Biroq, atigi 8 kun o‘tgach, ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Oq uy Amerikaning Rossiya urush jinoyatlarini hujjatlashtirish bo‘yicha tashabbusini, xususan, bolalarni Ukrainadan Rossiya hududiga noqonuniy olib chiqish holatlarini cheklash haqidagi qarorini bekor qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Rossiya Prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning Alyaskadagi uchrashuviga OAV qanday munosabat bildirgani haqida yozgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Putin Alyaska Melaniya Tramp xat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing