Tramp Xitoyga borishni rejalashtirmoqda
Olam
−
16 yanvar 2020
3913AQSH Prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, u yaqin kelajakda Xitoyga tashrif byurishi mumkin.
“Men yaqin kelajakda Xitoyga safar qilishga tayyorgarlik ko‘ryapman”, deya ma’lum qilgan davlat rahbari. U bu haqda 15 dekabr kuni Xitoy bilan savdo bitimining birinchi qismi imzolangan vaqtida so‘zlagan nutqida bildirgan.
Tramp mazkur shartnomaning imzolanishini tarixiy voqea deb atadi va unga ishonch bildirishini ta’kidladi. Prezidentning fikricha, “shartnoma o‘tmishdagi xatolarni tuzatish hamda amerikalik ishchilar, fermerlar va oilalar uchun iqtisodiy adolat, xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi”.
Eslatib o‘tamiz, AQSH va Xitoy 2018 yilning yozidan beri savdo urushini olib boradi. Ular oldinma-keyin bir-birining mahsulotlariga bojlar joriy qilib kelyapti. Bularning bari AQSH Prezidenti Donald Trampning import qilinidigan po‘lat va alyuminiyga boj joriy qilishi bilan boshlangandi.
Sarvar Anvar o‘g‘li