Tramp Xitoyga barcha aloqalarni tugatish bilan tahdid qildi
Olam
−
15 may 2020
8676AQSH Prezidenti Donald Tramp COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli Pekin bilan aloqalarni butunlay to‘xtatishi bilan tahdid qildi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Fox Business nashriga bergan intervyusida Oq uy rahbari Xitoy rasmiylarini koronavirus tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni yashirishda aybladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, munosabatlardagi tanaffus hatto AQSH uchun foydali bo‘lishi mumkin, xususan, bu ma’lum mablag‘larni tejashga olib keladi.
“Agar biz barcha aloqalarni uzib qo‘ysak, 500 milliard dollarni tejashimiz mumkin“, deydi Tramp.
Amerika Prezidenti endi Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muloqot qilish niyatida emas.
“Men Si Szinpin bilan juda yaxshi munosabatdaman, ammo hozir u bilan gaplashishni istamayman“, deydi Tramp.
Bundan tashqari, Trampning ta’kidlashicha, rasmiy Vashington Pekindan COVID-19 koronavirusi muammosini o‘rganishni so‘raganda so‘rov rad etilgan. Xitoy ma’murlari bu masala bo‘yicha AQSHning yordamini qabul qilishni istamaydilar.
LiveBarchasi