Tramp Xitoydan koronavirus keltirgan zarar uchun 10 trln dollar talab qildi

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi uchun “javobgar bo‘lgan” Xitoy AQSHga kamida 10 trillion dollarlik iqtisodiy zararni qoplashi kerak. Bu haqda AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp aytib o‘tdi.

“Biz Xitoy Kommunistik partiyasidan tovon puli talab qilamiz. Xitoy to‘lashi kerak. Ular to‘lashi kerak”,  deydi u Shimoliy Karolinada bo‘lib o‘tgan Respublikachilar s’ezdida.

Trampning ta’kidlashicha, Xitoy bilan 10 trillion dollar uchun hisob-kitob qilish kerak va Xitoyga qarzdor bo‘lgan barcha mamlakatlar qarzlarni to‘lashdan bosh tortishi kerak. Sobiq Prezident koronavirus sun’iy ravishda Uxan shahridagi Xitoy laboratoriyasida yaratilganini qayta takrorladi.

“Biz bu dahshatli virusni Xitoydan olib keldik. Buni laboratoriya deyishadi, tushunish oson — Uxan”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyalik professor Angus Dalglish va norvegiyalik virusolog Birger Sorensen koronavirusning sun’iy kelib chiqishi to‘g‘risida “dalil”ga ega ekanligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Koronavirus

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing