Tramp kelishuv tuzish bo‘yicha yaxshi imkoniyat borligini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainada korrupsiya bilan bog‘liq muammolar borligiga qaramay kelishuv tuzish imkoniyati saqlanayotganini bildirdi. Bu haqda u kecha, 30 noyabr kuni Floridada golf o‘ynab, Vashingtonga qaytib kelar chog‘ida so‘z ochdi.

“Ularda korrupsiyaviy vaziyat bor. Lekin kelishuv tuzishimiz mumkin bo‘lgan yaxshi imkoniyat ham bor”, degan Oq uy rahbari.

Gap Ukraina energetika sohasidagi yirik korrupsiya mojarosi haqida ketmoqda. Bu mojaro Ukraina Energetika vaziri German Galuenko, Adliya vaziri Svetlana Grinchuk va Prezident ofisi rahbari Andrey Yermakning iste’fosiga olib keldi.

Trampning aytishicha, muzokaralar “davom etmoqda va yaxshi ketmoqda”. U Rossiya va Ukraina uchun aniq muddat belgilamaganini ta’kidlagan.

Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustam Umarov AQSH bilan uchrashuvni “qiyin, ammo samarali”, deb ta’riflagan va “adolatli tinchlikka erishish yo‘lida sezilarli ilgarilash” borligini bildirgan.

Qayd etish joiz, Stiv Uitkoff bugun, 1 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrifi yakunlari va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammiti bo‘yicha matbuot anjumanida Ukraina qo‘shinlari egallab turgan hududlardan chiqqachgina jangovar harakatlar butunlay to‘xatilishi haqida aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ukraina Andrey Ermak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing