Tramp: “Katta o‘sishga erishildi. Buyuk do‘stlik boshlanadi”

Olam

image

KXDR yetakchisi Kim Chen In va AQSH Prezidenti Donald Tramp bugun, 30 iyun kuni ikkala Koreya davlati o‘rtasidagi Pxanmunj chegara punktida uchrashdi. Ikkala davlat rahbarlari chegara hududida qo‘l berib ko‘rishgan. 

Tramp KXDR chegarasini kesib o‘tib, Shimoliy Koreya hududiga qadam qo‘ygan birinchi AQSH prezidenti bo‘ldi.

"Chegarani kesib o‘tish katta sharafdir", dedi Tramp uchrashuvda. 

"Katta o‘sishga erishildi. Buyuk do‘stlik boshlanadi", ta’kidladi Oq uy rahbari.

Kim Chen In ham chegara chizig‘ini kesib o‘tib, Janubiy Koreya tuprog‘iga qadam qo‘ydi. U KXDR va Qo‘shma Shtatlar o‘tmishdagi barcha muammolarni bartaraf etish va munosabatlarda yangi sahifa ochilishiga umid bildirdi. 

Tramp va Kim Chen In ilk bor 2018 yilda Singapurda o‘tgan sammitda uchrashib, yakunda hamkorlik to‘g‘risida hujjatni imzolagandi. Rasmiy Pxenyan ushbu hujjatga ko‘ra, Vashingtondan xavfsizlik kafolati evaziga Koreya yarim orolining yadrosizlanishini amalga oshirishi belgilangandi. 

Ikkinchi KXDR va AQSH sammiti Xanoyeda joriy yilning 27-28 fevral kunlari bo‘lib o‘tdi. Bu safargi uchrashuvda tomonlar aniq bir to‘xtamga kela olmagan va yakunda hech qanday hujjat imzolanmagandi.  


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Kim Chen In Tramp Shimoliy Koreya

Baholaganlar

91

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing