Tramp Kanadaning AQSHga qo‘shilgan xaritasini e’lon qildi

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kanada bilan biriktirilgan xaritasini taqdim etdi. Xarita tasviri uning Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan.

Suratda Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada hududi Amerika bayrog‘iga bo‘yalgan. Tramp post ostida "Oh, Kanada", deya izoh qoldirgan.

Keyinchalik u o‘z profiliga Kanada qo‘shib olingan Qo‘shma Shtatlarning boshqa rasmini ham joylashtirgan, faqat bu safar "Amerika Qo‘shma Shtatlari" so‘zlari butun birlashgan hudud bo‘ylab joylashtirilgan.

O‘tgan yil noyabr oyi oxirida Tramp Kanadadan import qilinadigan mahsulotlarga 25 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qilgandi. U shunday farmonni davlat rahbari sifatidagi birinchi kuniyoq imzolashini aytdi. Uning inauguratsiyasi 20 yanvarga belgilangan. Avvalroq “Fox News” Tramp Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoga agar uning mamlakati yuqori tariflarga bardosh bera olmasa, AQSHning 51-shtatiga aylanishi kerakligini aytgani haqida xabar bergan edi.

Bir necha kun oldin esa 53 yoshli Jastin Tryudo Kanada Bosh vaziri va hukmron Liberal partiya yetakchiligidan iste’foga chiqishini e’lon qildi.  Siyosatchi 6 yanvar kuni Ottavadagi Rideau Sottage qarorgohida murojaat qildi. Vazirlar Mahkamasi rahbari, shuningdek, parlament ishi 24 martgacha to‘xtatilishini qo‘shimcha qildi. Tryudo 2015 yilning noyabrida Bosh vazir lavozimini egallagan va ikki marta qayta saylangan. Ikki yil avval yuqori narxlar va uy-joy tanqisligi sababli u aholining g‘azabiga uchragan, keyinroq vaziyat yumshay boshladi.

Birinchi prezidentlik muddati davomida Tramp Daniyaga Grenlandiyani sotib olishni taklif qilgan edi. Biroq, keyin Kopengagen uning taklifini keskin rad etdi va mamlakat Bosh vaziri Mette Frederiksen buni "bema’nilik" deb atadi, shuning uchun Oq uyning bo‘ljak rahbari hatto Daniyaga safarini ham bekor qildi. 2024 yil 22 dekabrda Tramp ushbu mavzuga qaytishga qaror qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar butun dunyo bo‘ylab milliy xavfsizlik va erkinlikni ta’minlash nuqtai nazaridan Grenlandiyaga egalik qilish va uni nazorat qilishni mutlaq zarurat deb hisoblaydi.

Bu izohlardan ikki hafta o‘tib, kecha, 7 yanvar kuni Tramp o‘g‘li kichik Donald Trampning Grenlandiyaga bordi.

Shuningdek, o‘tgan yilning 21 dekabr kuni Tramp Panamani Panama kanalidan foydalanganlik uchun "bema’ni" yuqori tariflar joriy etishda aybladi va uni AQSH nazoratiga qaytarishni talab qilish bilan tahdid qildi.

“Kanal Amerika iqtisodiyoti va milliy xavfsizligida muhim rol o‘ynaydi”, degan Tramp.

U kanalning noto‘g‘ri qo‘llarga, xususan, Xitoy nazorati ostida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini qo‘shimcha qildi.

Bunga javoban Panama Prezidenti Xose Raul Mulino Panama kanali va uning atrofidagi hududlarning har bir kvadrat metri Panamaga tegishli ekani va bundan keyin ham Panamaga tegishli bo‘lib qolishini bildi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoga qo‘ng‘iroq qilib, agar Kanada hududlari AQSHning 51-shtatiga aylansa, kanadaliklar uchun soliqlar 60 foizdan ko‘proqqa kamaytirishini aytgandi. Shuningdek, Tramp Panama kanalini boshqarayotgan Xitoy askarlarini Rojdestvo bayrami bilan tabriklagandi. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning iste’foga chiqishi haqidagi xabardan so‘ng, Tramp yana Kanadani AQSHning 51-shtati bo‘lishini taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Kanada xarita

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing