Tramp kanadaliklarga murojaat yo‘lladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp bugun, 28 aprel kuni Kanadada muddatidan avvalgi parlament saylovlari o‘tayotgan kunda yana bir bor Kanadaning AQSHning 51-shtatiga aylanishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda u o‘zining Truth Social platformasida post qoldirdi.

“Soliqlaringizni ikki baravar kamaytiradigan, harbiy qudratingizni dunyodagi eng yuqori darajaga bepul ko‘tarmoqchi bo‘lgan, avtomobilsozlik, po‘lat, alyuminiy, yog‘och, energetika va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi korxonalarni to‘rt baravar o‘stirish imkonini yaratadigan odamni tanlang. Bularning barchasi bojxona va soliqlarsiz amalga oshadi, agar Kanada AQSHning qimmatbaho 51-shtatiga aylansa. Endi bundan buyon uzoq yillar oldin sun’iy ravishda o‘rnatilgan chegaralarga hojat qolmaydi”, deb yozdi Tramp.

Trampning ta’kidlashicha, Kanadaning AQSHga qo‘shilishida “hech qanday kamchilik bo‘lmaydi”.

“Amerika endi avvalgidek Kanadaga har yili yuzlab milliard dollarlarni berib turolmaydi. Buning mantiqiy sababi yo‘q, agar Kanada shtatga aylanmasa”, deya urg‘uladi Donald Tramp.

Eslatib o‘tamiz, bungacha ham Tramp bir necha bor Kanada AQSHning 51-shtatiga aylanishi kerakligini aytgandi. Kanada esa buni qat’iy rad etib keladi. Bundan tashqari, AQSH tomonidan qo‘shni mamlakat tovarlariga joriy yetilgan bojlar ortidan Kanadaning yangi Bosh vaziri AQSH bilan “oldingi” munosabatlar tugaganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh murojaat Donal'd Tramp Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing