Tramp “quruq gap” bilan 12 million dollar ishlab oldi
Olam
−
14 iyul 2023 10590 1 daqiqa
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z lavozimini tark etganidan so‘ng notiqligi ortidan 12 million dollardan ko‘proq pul ishlab topdi. Bu haqda kecha, 13 iyul kuni uning daromadlari haqidagi yangilangan ma’lumotlarga asoslanib “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.
AQSH prezidenti lavozimini tark etganidan beri Tramp 15 ta ommaviy tadbirda qatnashgan. Har bir nutqi uchun u 150 ming dollardan 2,5 million dollargacha daromad qilgan. Trampning rafiqasi Melaniya ham ommaviy tadbirlarda qatnashgani uchun 2021 yildan buyon 1 million dollardan ortiq mablag‘ ishlab topgan.
Bundan tashqari, sobiq Amerika rahbari turli aktivlaridan 13 million dollardan ortiq foyda qilgan. Trampning kurort ko‘chmas mulki va golf maydonlarini o‘z ichiga olgan aktivlarining umumiy qiymati kamida 1,5 milliard dollarga baholanmoqda. Birgina Aberdindagi golf kurorti Trampga 7 million dollardan ortiq daromad keltirgan.
Live
Barchasi