Tramp qisqa vaqtga shifoxonani tark etdi

Olam

image
Bir necha kun haqiqiy sinov bo‘ladi – Tramp ahvoli haqida ma’lumot berdi north_east

Bir necha kun haqiqiy sinov bo‘ladi – Tramp ahvoli haqida ma’lumot berdi

Koronavirusdan davolanayotgan AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 4 oktyabr kuni Uolter Rid klinikasi oldida to‘plangan tarafdorlariga minnatdorlik bildirish uchun qisqa vaqtga shifoxonani tark etdi.

Trampning qora zirhli avtomobili uning tarafdorlari to‘plangan ko‘chadan sekin o‘tib ketgan. Avtomobil oynalari ko‘tarilgan bo‘lgan.

Undan biroz avva esa Tramp Twitter`dagi sahifasida quyidagi postni qoldirgandi:

“O‘ylashimcha, biz bu yerda ko‘chaga yig‘ilgan vatanparvarlarga kutilmagan sovg‘a bilan hayratda qoldiramiz”.

Oq uyning ma’lm qilishicha, qisqa sayr shifokorlar ruxsati bilan bo‘lgan. Ular buni Prezident va atrofdagilar salomatligi uchun xavfsiz deb baholagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniyada joriy yilning 1 oktyabr kuni koronavirus aniqlandi. Biroz o‘tib esa Prezident Uolter Rid harbiy shifoxonasiga yotqizildi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

368

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing