Tramp impichment ishi bo‘yicha guvohlik berishdan bosh tortdi 

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp impichment ishi bo‘yicha guvohlik bermaydi. Bu haqda uning advokatlari ma’lum qilgan. 

AQSH Vakillar palatasidagi demokratlar Trampdan impichment ishi bo‘yicha qasamyod ostida guvohlik berishini talab qilgan. 

Tramp mudofaasi vakillari esa guvohlik berish haqidagi so‘rovni Vakillar palatasi o‘z ayblovlarini isbotlay olmasligining belgisi, deb hisoblashgan. 

"Prezident Konstitutsiyaga zid sudda guvohlik bermaydi", deya tasdiqlagan Trampning maslahatchisi Jeyson Miller. 

AQSH Senati Trampga nisbatan impichmentni ko‘rib chiqishni joriy yilning 8 fevralidan boshlaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi. Shundan so‘ng, bir qator messenjerlar ham Trampning akkauntlarini blokladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

9

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing