Tramp ikki davlat muxlislarining JCHga borishini taqiqladi
Sport
−
17 dekabr 9924 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp ikki Afrika davlati – Senegal va Kot-d’Ivuar fuqarolarining 2026 yilgi Jahon chempionatiga tashrif buyurishini cheklashi mumkin bo‘lgan yangi sayohat taqiqnomasini imzoladi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ushbu taqiq ish yoki turizm maqsadida qisqa muddatli tashriflarni ham qamrab oladi, ya’ni Jahon chempionatiga borish uchun ruxsat so‘ragan muxlislar rad etilishi mumkin.
Senegal terma jamoasi mundialda “I” guruhida Fransiya, Norvegiya va Boliviya/Iroq/Surinam pley-off g‘olibi bilan kurash olib boradi. Ularning Fransiya va Norvegiyaga qarshi o‘yinlari AQSHning “Metlayf” stadionida bo‘lib o‘tadi, pley-off g‘olibiga qarshi o‘yinni esa Kanadaning Toronto shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Kot-d’Ivuar terma jamoasi esa “E” guruhida Germaniya, Ekvador va Kyurasao bilan bir guruhda o‘ynaydi. Ekvador va Kyurasaoga qarshi o‘yinlar AQSHda, Germaniya bilan o‘yin esa cheklovsiz Kanadada bo‘ladi.
Tramp farmonida terma jamoalar futbolchilari, xodimlari va yaqin oila a’zolari uchun istisnolar mavjud. Ammo yangi qoidalar ikki mamlakatning o‘n minglab muxlislar uchun jiddiy to‘siq hisoblanadi. Senegal va Kot-d’Ivuardan tashqari bu ro‘yxatda Eron va Gaiti ham bor, ularning muxlislari ham turnirda o‘z mamlakatlarini kuzatib bora olmaslik xavfi ostida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron terma jamoasining eng yorqin yulduzlaridan biri Mehdi Taremi siyosiy muammolar tufayli musobaqani o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi