Tramp II Jahon urushidagi g‘alabaga AQSH sharofati bilan erishilganini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga AQSH sharofati bilan erishilganini aytdi. U bu haqda G‘alaba kuni deb e’lon qilingan 8 may deklaratsiyasini imzolash marosimida so‘z ochdi.

“Bu hafta butun dunyoda Ikkinchi jahon urushi ittifoqchilari g‘alabani nishonlamoqda, lekin AQSH hech qachon bu kunni to‘laqonli bayram qilmagan, garchi g‘alaba, asosan, biz tufayli erishilgan bo‘lsa ham. Siz xohlaysizmi yoki yo‘qmi, biz bu urushga kirib, uni yutdik. Ajoyib ittifoqchilarimiz bor edi, lekin, o‘ylaymanki, hech kim AQSH asosiy kuch bo‘lganini inkor eta olmaydi”, dedi Tramp.

Oq uy saytida joylashtirilgan deklaratsiyada 8 may kuni Amerika xalqi o‘z vatanini, erkinligini va G‘arb sivilizatsiyasining omonligini himoya qilib, halok bo‘lganlarni xotirlashi qayd etilgan.

“Amerika askarlari bergan qurbonliklarsiz bu urushda g‘alaba qozonishning iloji yo‘q edi va bugungi dunyo butunlay boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lardi”, deyiladi hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp 8 mayni rasmiy G‘alaba kuni sifatida belgilash va 11 noyabrda nishonlanadigan Veteranlar kunini Birinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb o‘zgartirish niyatida ekanini bildirgandi. O‘shanda u ko‘plab Amerika ittifoqchilari allaqachon 8 mayni nishonlashini eslatgan, biroq AQSH “boshqa barcha davlatlarga qaraganda ko‘proq hissa qo‘shganini” aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Ikkinchi jahon urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing