Tramp G‘azoni egallash taklifi ortidan bosh diplomatini Yaqin Sharqqa yuboradi
Olam
−
07 fevral
2124AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Prezident Donald Tramp tomonidan taklif etilgan va keng qoralangan G‘azo aholisini ko‘chirish rejasidan so‘ng fevral oyining o‘rtalarida Yaqin Sharqqa tashrif buyuradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rubio 2025 yilning 13-18 fevral kunlari Myunxen xavfsizlik konferensiyasiga, shuningdek, Isroil, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi.
AQSH rasmiysining ta’kidlashicha, Rubio tashrif davomida G‘azodagi vaziyatni muhokama qiladi, shuningdek, Trampning mintaqa status-kvosini o‘zgartirishga qaratilgan yondashuvini davom ettiradi.
“Status-kvo davom etolmaydi. Bu go‘yo bir xil jarayon: yuvish, chayqash va qayta takrorlash. Bu odatiy holatga aylanadi va odamlar hayot shunday kechishi kerak deb o‘ylay boshlaydi. Prezident Tramp va Marko Rubio bunga qo‘shilmaydi, ular vaziyatni o‘zgartirishi mumkin”, deydi rasmiy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Trampning falastinliklarni G‘azodan zo‘ravonlikdan qo‘rqmasdan yashashlari mumkin bo‘lgan joylarga doimiy ravishda ko‘chirish g‘oyasi doirasida Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats mamlakat armiyasiga G‘azo aholisiga Falastin hududini ixtiyoriy ravishda tark etish va ularni qabul qilishga tayyor bo‘lgan istalgan mamlakatga jo‘nab ketish imkonini beruvchi reja ishlab chiqishni topshirgandi.
LiveBarchasi