Tramp Floridada o‘z ofisini ochdi
Olam
−
26 yanvar 2021
9389AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Florida shtatida sobiq prezidentlik vazifasini bajarish uchun o‘z ofisini ochdi. Bu haqda Trampning yordamchilariga asoslanib xabar berilgan.
"Ofis Prezident Trampning yozishmalarini, ommaviy bayonotlarini, nutqlarini va rasmiy faoliyatini AQSH manfaatlarini ilgari surish va Tramp ma’muriyatining kun tartibini bajarish bo‘yicha boshqarish uchun javobgar bo‘ladi", deyilgan xabarda.
Tramp prezidentlik lavozimining so‘nggi kunidagi xayrlashuv nutqida o‘z tarafdorlarini siyosiy faoliyatini davom ettirishiga ishontirgan.
"Biz u yoki bu shaklda qaytamiz", degan u.
Sobiq Prezident 20 yanvar kuni Florida shtatidagi Mar-a-Lago mulkiga uchib ketganidan beri jamoatchilik oldida ko‘rinmagan.
Ma’lumot o‘rnida, AQSH Kongressi Vakillar palatasi Trampga impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorni Senatga taqdim etgan.
6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi.
Agar sud shaklida bo‘lib o‘tadigan Senat jarayoni Trampga ayblov hukmini chiqarsa, Tramp yangi muddatga prezidentlik saylovlarida qatnashish yoki davlat lavozimlarida ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
LiveBarchasi