Tramp Eronning yangi taklifini ham rad etdi
Olam
−
09:29 2427 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron tomonidan taklif qilingan uch bosqichli tinchlik rejasini rad etdi. Bu haqda u “Kan News” kanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
U intervyuda Vashington Eron taqdim etgan yangi taklifni ko‘rib chiqqanini, ammo u “qabul qilib bo‘lmaydigan” ekanini aytgan.
Shuningdek, Tramp Isroil Prezidenti Isxak Gersogga murojaat qilib, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni afv etishga chaqirgan. Uning ta’kidlashicha, urush sharoitida mamlakatga e’tiborini faqat harbiy vaziyatga qaratadigan Bosh vazir zarur.
Eslatib o‘tamiz, Eron AQSHga urushni yakunlash bo‘yicha yangi – 14 banddan iborat reja yuborgan edi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bu reja uch bosqichni o‘z ichiga oladi: avvalo o‘t ochishni to‘xtatish, keyin muzokaralar orqali uzoq muddatli kelishuvga erishish.
Rejada, shuningdek, Hormuz bo‘g‘ozini ochish, uranni boyitishni 15 yilgacha muzlatish taklif qilingan, biroq yadroviy ob’ektlarni butunlay yo‘q qilish rad etilgan.
Shu bilan birga, Isroil Bosh vaziriga qarshi ishlar ham eslatib o‘tilgan. U 2016 yildan boshlab korrupsiya bilan bog‘liq tergov ostida bo‘lib, 2019 yilda rasmiy ayblovlar e’lon qilingan. Unga qimmatbaho sovg‘alar olish va OAV bilan bog‘liq noqonuniy kelishuvlarda ishtirok etish aybi qo‘yilgan, biroq u bu ayblovlarni rad etadi.
Tramp esa Eron taklif qilgan shartlar AQSH manfaatlariga mos kelmasligini bildirib, uni rad etgan.
Live
Barchasi