Tramp Eronning har qanday hujumiga ming marta kuchliroq javob bilan tahdid qildi
Olam
−
15 Sentabr 2020
6952Eron amerikaliklar tomonidan Iroqda o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniyning xunini olib ulgurmagan ko‘rinadi. AQSH Islom Respublikasi yangi hujumlar uyushtirishidan xavotirda.
AQSH Prezidenti Donald Tramp Sulaymoniy o‘limi uchun Eron tomonidan amalga oshiriladigan har qanday hujum uchun ming karra kuchliroq javob qaytarish bilan tahdid qildi. U Twitter sahifasida shunday xabar qoldirgan.
“OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Eron Sulaymoniyning o‘ldirilishi uchun qotillik uyushtirishi yoki AQSHga boshqa hujum tayyorlashi mumkin. AQSHga Eron tomonidan amalga oshirilgan har qanday hujum uchun Eronga ming marta kuchliroq hujum bilan javob qaytaradi”, degan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy 3 yanvar kuni kechasi Bag‘dod aeroportida AQSHning havo hujumi natijasida qurbon bo‘lgandi.
Bu hujum ortidan Eron va AQSH munosabatlari keskinlashib, urush yoqasiga kelib qoldi.Eron Iroqdagi Amerika harbiy bazalariga raketa hujumlari uyushtirdi. Biroq bu hujumlarda qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmadi.
LiveBarchasi