Eronda MRBga ayg‘oqchilik qilib, Sulaymoniy haqida ma’lumot bergan xoin qatl qilindi
Olam
−
20 iyul 2020
17867Eron hukumati AQSHning Markaziy razvedka boshqarmasiga ayg‘oqchilik qilgan va general Qosim Sulaymoniyning harakatlanish yo‘nalishini amerikaliklarga sotgan xoinni qatl qildi. Bu haqda “Tasnim” xabar berdi.
Bugun, 20 iyul kuni tongda qatl qilingan Sayyid Mahmud Musavi Majd Isroil razvedkasi “Mossad”ga ham ayog‘oqchilik qilishda ayblangan.
Musavi avvaldan AQSH va “Mossad”ga Sulaymoniy haqida ma’lumot berib borgan bo‘lsa-da, generalning Iroqda AQSH hujumi natijasida halok bo‘lishiga aloqasi yo‘q, ekani ta’kidlandi.
Negaki, Musavi Sulaymoniy yanvarda o‘ldirilishidan avval ayg‘oqchilikda gumon qilinib, hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Qosim Sulaymoniy joriy yilning 3 yanvar kuni Bag‘dod aeroportida AQSH havo hujumi natijasida o‘ldirilgandi. Shundan so‘ng, ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy mojaro qurolli to‘qnashuvga aylanish xavfi yuzaga kelgandi.
Xususan, Iroqdagi AQSH elchixonasi oldiga bir necha bor raketa tushgan. Bundan tashqari, Eron Iroqdagi AQSH harbiy bazalarini bombardimon qilgandi.
LiveBarchasi