Tramp Eronni AQSH bayrog‘i ranglarida tasvirladi
Olam
−
23 may 2237 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronni AQSH bayrog‘i ranglarida tasvirladi. Bunday xaritani u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Donald Tramp rasmga “Yaqin Sharqning Qo‘shma Shtatlari?” degan izoh qoldirgan.
Avvalroq, CBS News telekanali AQSH ma’muriyati Eronga qarshi yangi harbiy zarbalar ssenariylarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan. Telekanal manbalariga ko‘ra, bu borada yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Bundan avval AQSH va Eron o‘rtasidagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar aprel oyida boshlangani ma’lum qilingan edi. Biroq hozircha Vashington va Tehron o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga 19 may kuni rejalashtirilgan harbiy hujumni kechiktirganini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi