Tramp endi “xavfli” emas

Olam

image

Koronavirus bilan kasallangan AQSH Prezidenti Donald Trampda ushbu virusni boshqalarga yuqtirish xavfi umuman yo‘q. Bu haqda uning shifokori Shon Konli ma’lum qilgan

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, Oq Uy rahbari izolyatsiyani to‘xtatish uchun AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining barcha mezonlariga javob beradi.

Konlining ta’kidlashicha, 10 oktyabr kuni ertalab o‘tkazilgan PZR test sinovi shuni ko‘rsatganki, Amerika rahbarida endi virusni boshqalarga yuqtirish xavfi mavjud emas.

Ma’lumot uchun, 2 oktyabrga o‘tar kechasi Tramp va uning rafiqasi Melaniyada koronavirus aniqlangan edi

Keyin davlat rahbari Merilend shtatidagi Uolter Rid nomli tibbiyot markaziga yotqizildi. 5 oktyabr kuni esa Tramp shifoxonadan chiqib, Oq uyga qaytib keldi

Ma’lumot uchun, AQSHda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 7 million 717 mingdan oshgan. 214 mingdan ko‘p kishi vafot etgan. 

Dunyoda kasallik yuqtirganlar soni 37 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing