Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Tramp dunyoni 3-Jahon urushidan qutqardi – Putinning odami

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Uchinchi jahon urushi boshlanishining oldini olishga muvaffaq bo‘ldi va Ukrainadagi mojaroni hal qilish jarayonida muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari, Rossiya Prezidentining xorijiy sarmoyalar va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, Dmitriyev AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining asosiy a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan. Nashrning yozishicha, Rossiya vakili Moskvaning tinchlik va yirik moliyaviy bitimlar tuzishga tayyorligini namoyish etish uchun AQSHga kelgan.

"Hech qanday shubha yo‘qki, Prezident Tramp jamoasi nafaqat Uchinchi jahon urushining oldini oldi, balki allaqachon Ukraina masalasini hal qilishda sezilarli yutuqlarga erishdi”, degan Rossiya vakili.

Shuningdek, Dmitriyev Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga Vashingtonga safari natijalari haqida hisobot berishini ham aytib o‘tgan. “Reuters” agentligining yozishicha, Dmitriyev Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha “kelishuvning o‘ziga tegishli qismini” bajarishiga ishonishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Kirill Dmitriev Uchinchi jahon urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing