Tramp Oq uyni qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Vakolat muddati tugagan AQSH Prezidenti Donald Tramp saylangan Prezident Jo Baydenning inauguratsiyasidan to‘rt soat oldin Vashingtondan uchib ketadi. Bu haqda Oq uyga asoslanib xabar berilgan. 

Qayd etilishicha, siyosatchi va birinchi xonim Melaniya Tramp soat 08:00 da Floridaga jo‘nab ketadi. 

Tramp Baydenning inauguratsiyasida qatnashmasligini ma’lum qilgan. 

Ta’kidlanishicha, marosimning bugun, 20 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan peshinda (Toshkent vaqti bilan 22:00 da) boshlanishi rejalashtirilgan. 

Manbaga ko‘ra, peshingacha Vashingtonga 25 mingga yaqin Milliy gvardiya askarlari yetib kelishi kutilmoqda.

Avvalroq, Donald Tramp lavozimidan ketganidan so‘ng Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida yashashni rejalashtirgani haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSHda 2020 yil 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Prezidentlikka asosiy da’vogarlar – demokrat Jo Bayden va amaldagi rahbar, respublikachi Donald Tramp edi.

Ommaviy va saylovchilarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, Bayden g‘alaba qozondi, uning inauguratsiya marosimi bugun o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Vashington

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing