Tramp boshqa mamlakatlarga yordam berishni 90 kunga to‘xtatdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishganidan so‘ng Qo‘shma Shtatlar tomonidan boshqa mamlakatlarga ko‘rsatiladigan yordam dasturlarini 90 kunga to‘xtatish haqida farmonni imzoladi. Shu muddat davomida mazkur dasturlar yangi ma’muriyatning siyosiy maqsadlariga mos yoki mos emasligi tekshiriladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Hujjatda aytilishicha, tashqi yordam sanoati va byurokratiya Amerika manfaatlariga mos kelmaydi va ko‘p hollarda Amerika qadriyatlariga ham zid. Shuningdek, mablag‘ ajratilishi go‘yoki mamlakatlar ichidagi va davlatlar o‘rtasidagi uyg‘un hamda barqaror munosabatlarga zid bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qilish orqali dunyoni beqarorlashtirishga xizmat qiladi.

“Prezidentning tashqi siyosatiga to‘liq mos kelmasa, Qo‘shma Shtatlardan boshqa xorijiy yordam ko‘rsatilmaydi”, dedi Tramp.

AP’ning qayd etishicha, AQSHning xalqaro yordami odatda davlat byudjeti hajmining 1 foizini tashkil qiladi. Ayrim istisnoli holatlar, jumladan, Ukrainaga qurol yetkazib berish bundan mustasno. AQSH Davlat departamentiga ko‘ra, Rossiyaning harbiy harakatlari boshlanganidan beri Ukrainaga taxminan 66 milliard dollar yordam ajratilgan. Boshqa yirik yordam oluvchilar qatorida Isroil (yiliga 3,3 milliard dollar), Misr (1,5 milliard dollar) va Iordaniya (1,7 milliard dollar) bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Oq uydagi birinchi kunida saylovoldi va’dalarini bajaruvchi 100 ga yaqin buyruqni, xususan, Kapitoliyga bostirib kirganlarni afv etish haqida hujjat imzolagani xabar qilingandi. Taqqoslash uchun, sobiq prezident Jo Bayden lavozimga kirishgach, 17 ta hujjatni imzolash bilan cheklangandi. Tramp Oq uydagi birinchi kunida avvalgi ma’muriyatning 80 ga yaqin qarorini bekor qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing