Tramp bilan uchrashgan To‘qayev Putin yoniga boradi
Olam
−
11 noyabr 2025 6410 2 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev joriy yilning 11–12 noyabr kunlari Rossiyaga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Kremlga ko‘ra, tashrif Rossiya Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan amalga oshiriladi.
“Kelib chiqadigan muzokaralar davomida Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalarda yanada rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilinadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, siyosatchilar mintaqaviy va global kun tartibiga oid masalalarni ham muhokama qiladi. Bir qator “muhim ikki tomonlama hujjatlar” imzolanishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Putin va To‘qayevning Rossiya va Qozog‘istonning XXI Butunjahon mintaqalararo hamkorlik forumi ishtirokchilariga videokonferensiya shaklida qo‘shma murojaati kutilmoqdi. Forum 11–12 noyabr kunlari Qozog‘istonning Orolsk shahrida bo‘lib o‘tadi.
Oxirgi marta Prezidentlar 2025 yilning 10 oktyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tgan MDH sammitida uchrashgan edi.
Putinning chorlovi Qozog‘iston rahbari AQSHdan qaytganidan so‘ng e’lon qilindi. Bu ham bejizga emas. Qayd etish joiz, To‘qayev AQSHdan ulkan yangiliklar bilan qaytdi. Tramp ham Qozog‘iston yetakchisiga Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga qaraganda ko‘proq mulozamat qildi. To‘qayev u yerda “Ibrohim kelishuvlari”ga qo‘shilda va bu shaxsan Oq uy rahbari tomonidan olqishlandi. Shu bilan birga, yetakchilar Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga ham qo‘ngirq qilib gaplashdi. Qolaversa, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida 17 milliard dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvlar imzolangani va ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilgani e’lon qilindi.