Tramp bilan uchrashgan Braziliya rasmiysida koronavirus aniqlandi

Olam

image
Eron Hukumati koronavirusdan qutulishda Mirziyoyevdan yordam so‘radi north_east

Eron Hukumati koronavirusdan qutulishda Mirziyoyevdan yordam so‘radi

Shu yilning 7 mart kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgan Braziliya hukumati vakili Fabio Vayngartenda koronavirus aniqlandi. Bu haqda Braziliya hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aytilishicha, Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaroning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha kotibi Fabio Vayngarten hozir o‘z uyida karantinda. U bilan yaqin 14 kun davomida aloqada bo‘lganlar nazoratga olingan.

Bir hafta oldin Vayngarten AQSHning Florida shtatida Tramp bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Shu sabab jamoatchilikda AQSH Prezidenti ham virus yuqtirib olgan bo‘lishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Tramp virusga duch kelgan bo‘lishi mumkinligidan xavotirda emasligini aytdi.

"Bir gap aytaman, koronavirus haqidagi mish-mishlar menga taalluqli emas", deydi AQSH Prezidenti.

Shuningdek, Braziliya Prezidenti Bolsonaro tibbiy nazoratda bo‘lib turgani aytilmoqda.

Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 60 ta virus bilan bog‘liq holat aniqlangan. Koronavirusdan vafot etganlar haqida hozircha xabar berilmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 138 941 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 5 111 kishi vafot etgan. Bemorlardan 5 786  nafari yoki 9 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 70 727 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp Braziliya Koronavirus

Baholaganlar

219

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing