Tramp Baydenning “qovuni”ni parodiya qildi (video)

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Kaliforniyadagi mitingda mamlakatning amaldagi Prezident Jo Baydenni parodiya qildi. Natijada tomoshabinlar orasida kulgi ko‘tarildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

Tramp sahnada nutq so‘zlarkan Baydenning qanday qilib sahnadan chiqish yo‘lini topa olmaganini eslatdi.

“Yigitcha sahnadan chiqish yo‘lini topa olmayapti! Sahnaga qarang, mana sahna. Men bunday ahmoqona sahnani hech qachon ko‘rmaganman.  Men chapga borsam, zina bor. O‘ngga borsam ham zina bor. Va bu yigit: "Men qayerdaman?" deyapti”, dedi Tramp olomonni kuldirib.

Gap shundaki, Bayden bu yil 81 yoshni qarshiladi va AQSH tarixidagi eng keksa Prezidentga aylandi. Oxirgi paytlarda u bir necha marta qoqilib ketib, yiqilib tushgan va sahnada adashib qolgandi. Keksa Prezidentning bunday harakatlarini esa uning siyosiy raqobatchisi hajv ostiga oldi. 

Eslatib o‘tamiz, amerikaliklarning atigi uchdan bir qismi Prezident Jo Baydenni qayta saylanishga loyiq deb hisoblaydi. Uning partiyasidagi ko‘pchilik kelasi yilgi prezidentlikka nomzod sifatida boshqa odamni ko‘rmoqchi. Baydenning yoshi ham uning amerikaliklar orasida qo‘llab-quvvatlash darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp saylov Bayden qovun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made