Tramp Baydendan Putin bilan uchrashuvda uxlab qolmaslikni so‘radi 

Olam

image
0:00
0:00
download
Hashamat va xavfsizlik: Shveysariya Putin va Bayden uchrashuviga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? north_east

Hashamat va xavfsizlik: Shveysariya Putin va Bayden uchrashuviga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp amaldagi davlat rahbari Jo Baydenga Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvda uxlab qolmaslikni tilab, uning eng ezgu tilaklarini yetkazishni iltimos qildi.  

“Baydenga Prezident Putin bilan muzokaralarda omad tilaymiz. Uchrashuvda uxlab qolmang va iltimos, unga (Putin — tahr.) mening eng yaxshi tilaklarimni yetkazing”, degan Tramp. 

Saylov kampaniyasi davomida ham AQSHning eks-prezidenti raqibini bir necha bor “uyquchi Jo” deb atagandi. Ma’lumot o‘rnida, Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahridagi “La-Granj” qasrida bo‘lib o‘tadi. 

Avvalroq, Shveysariya Putin va Bayden uchrashuviga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Bayden

Baholaganlar

279

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing