Tramp Bayden Prezident bo‘lsa, AQSHni nima kutayotganini ochiqladi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning ta’kidlashicha, agar uning raqibi Jo Bayden Prezident etib saylansa, Amerikada “inqilob” yuz beradi.

“Ular Bayden kelsa, hokimiyatni qo‘lga kiritadilar. U zaif odam. Uni qo‘g‘irchoq kabi boshqarishadi... Bu inqilob. U zaif odam va butun hayoti davomida shunday bo‘lgan ... U prezidentlikka nomzodini ko‘rsatmasligi kerak”, dedi Tramp “Fox News”ga bergan intervyusida.

Boshlovchining Baydenni kim nazorat qilishi haqida bergan savoliga Tramp u odamlarni tanimasligini aytdi.

Shuningdek, Trampdan uning tarafdorlari namoyishchilariga “qarshi turishini” xohlaysizmi, deb so‘rashdi. 

“Yo‘q, men buni xohlamayman, men bu ishni huquqni muhofaza qilish organlariga topshiraman”, deb javob qildi Tramp. 

May oyi oxiridan buyon AQSH bo‘ylab noroziliklar avj oldi. Namoyishchilar afroamerikaliklarning politsiya tomonidan o‘ldirilgani yoki yaralangani bo‘yicha ishlarda adolat talab qilmoqda.

Bir qator shaharlarda tartibsizliklar va buzg‘unchilik holatlari qayd etildi. Karantindan charchagan aholi butun nafratini ko‘chalarda to‘kib-soldi. Do‘konlar buzilib, o‘g‘riliklar boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi 3 noyabr kuni o‘tkaziladi. Saylovda amaldagi davlat rahbari Donald Tramp kursisini saqlab qolish uchun Jo Baydenga qarshi kurashga kirishadi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Donal'd Tramp Jo Bayden AQShda saylov

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing