Tramp barcha import mahsulotlariga yangi bojlar soldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp barcha davlatlar uchun qo‘shimcha 10 foizlik boj joriy qilish haqida farmon imzoladi. U bu haqda o‘zining Truth Social sahifasida ma’lum qildi.

Trampning aytishicha, yangi 10 foizlik boj deyarli darhol kuchga kiradi va u “barcha mamlakatlar”ga taalluqli bo‘ladi.

Bu qaror Oliy sud AQSH Tramp avval joriy qilgan ayrim bojlar qonunga zid, degan qaror chiqarganidan keyin qabul qilindi. Sud xulosasiga ko‘ra, Prezident favqulodda holatlar haqidagi qonundan foydalanib, o‘z vakolatidan oshib ketgan.

Shundan keyin Tramp barcha bojlar kuchida qolishini aytgan va yana qo‘shimcha 10 foizlik global boj joriy etishini e’lon qilgan.

U, shuningdek, sud qaroriga tanqid bildirib, uning fikricha, sud “chet el manfaatlari ta’sirida” bo‘lganini aytgan.

U yana bir bayonotida Oliy sudning bu qarorini “bema’ni” deb atagan va qarshi ovoz bergan sudyalar “uyalishi kerak”ligini aytgan. Shu bilan birga, u yangi choralar orqali davlat yanada ko‘proq daromad olishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Oliy sudi Prezident Donald Tramp tomonidan bir tomonlama joriy etilgan keng qamrovli favqulodda bojlar federal qonunga zid, degan qarorga kelgandi. Sud 6 ga 3 ovoz bilan bojlar amaldagi qonun doirasidan chiqib ketganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing