Tramp ayblarini tan oldi
Olam
−
12 yanvar 2021
10171AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp 6 yanvar kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan voqealarda o‘zining ham "hissasi" bo‘lganini tan olgan. Bu haqda "Fox News" o‘z manbalariga asoslanib xabar bergan.
Telekanal xabariga ko‘ra, siyosatchi bu haqda Vakillar palatasidagi respublikachilar rahbari Kevin Makkarti bilan suhbat chog‘ida aytgan.
Manbaning aniqlik kiritishicha, Makkarti Vakillar palatasidagi partiyadoshi bilan telefon orqali muloqotida Prezidentning "iqrori" haqida aytib bergan.
Shuningdek, Makkartining o‘zi ham "notinchlik uchun Tramp aybdor ekaniga iqror bo‘lgan".
Ma’lumot o‘rnida, AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi AQSH Kongressi quyi palatasining tegishli qo‘mitasiga Trampning impichmentiga tayyorgarlik ko‘rishni buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish qilib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi.
LiveBarchasi