Tramp ash-Shara bilan uchrashdi
Olam
−
14 may 7118 1 daqiqa
Bugun, 14 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara bilan uchrashdi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu uchrashuv ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi 25 yildan beri bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuv sanaladi.

Uchrashuvda Tramp AQSHning Suriya bo‘yicha sanksiyalarni bekor qilishini e’lon qilgan. Bu qaror Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmondan kelgan iltimosga binoan amalga oshirilgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar o‘z maqsadiga erishgan va endi Suriya tiklanish va taraqqiyot yo‘lida yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak. Uchrashuvning boshqa tafsilotlari oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni Suriyaning yangi muvaqqat rahbari Ahmad ash-Shara o‘zining birinchi Yevropa tashrifini Fransiyadan boshlagan va mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr