Tramp amerikaliklarning ko‘nglini ko‘taradigan ma’lumot aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari kamayayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Uning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar COVID-19 ga qarshi kurashda “muhim yutuqlarga erishmoqda”.

“Dam olish kunlari hisoboti infeksiyaga chalinganlar soni kamayayotganini ko‘rsatmoqda”, dedi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning Nyu-York, Nyu-Jersi, Michigan va Luiziana shtatlarining infeksiya o‘chog‘i bo‘lgan joylarda “kasalxonalarga yotqizilishlar soni kamaymoqda”.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga 586 941 nafar odam chalindi. 36 948 bemor shifo topgan bo‘lsa, 23 640 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

815

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing