Tramp AQSHni uyaltiryapti – Bayden
Olam
−
08 noyabr 7483 2 daqiqa
AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden amaldagi davlat rahbari Donald Trampni mamlakatni sharmanda qilayotganlikda aybladi. Bu haqda u kecha, 7 noyabr kuni Nebraska shtatining Omaha shahrida bo‘lib o‘tgan Demokratik partiya tadbirida aytib o‘tdi.
“Men siz tushunishingizni istayman, janob Prezident: siz biz uchun ishlaysiz, biz siz uchun emas. Siz barcha amerikaliklar uchun ishlaysiz, faqat milliarderlar va millionerlar uchun emas. Mening jahlim chiqqan. Demokratiyada qirollar bo‘lmaydi – sizning harakatlaringiz bizni mamlakat sifatida uyaltiryapti”, degan Bayden.
U, shuningdek, Oq uyning sharqiy qanotini buzib tashlashni Tramp siyosati bilan solishtirgan va buni uning Prezidentligi ramzi deb atagan.
“Siz Oq uyning sharqiy qanotiga nima qilganini ko‘rdingizmi? Bu uning muddatining ajoyib ramzi. Konstitutsiyaga, qonun ustuvorligiga va demokratiyaga ham xuddi shunday munosabatda bo‘lyapti”, degan sobiq rahbar.
Ma’lumot uchun, Jo Bayden 2021 yildan 2025 yilgacha AQSH prezidenti bo‘lgan. U dastlab ikkinchi muddatga qayta saylovda qatnashmoqchi edi, biroq Tramp bilan munozaralardagi muvaffaqiyatsiz chiqishidan so‘ng saylov poygasidan chiqib ketdi. Uning o‘rniga Demokratlar partiyasi nomzodi sifatida Kamala Harris qatnashgan, biroq 2024 yil noyabr oyidagi saylovda Trampga yutqazgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jo Bayden amaldagi Prezident Donald Tramp va uning jamoasi faoliyati uchun o‘z minnatdorligini bildirgandi. Bayden Tramp va uning jamoasini G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish yo‘lidagi faoliyatini yuksak qadrlashini aytgan. U bu kelishuvga erishish yo‘li oson bo‘lmaganini ham ta’kidlagan.
Live
Barchasi