Bayden Tramp va uning jamoasini olqishladi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden amaldagi Prezident Donald Tramp va uning jamoasi faoliyati uchun o‘z minnatdorligini bildirdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.

Qayd etilishicha, Bayden Tramp va uning jamoasini G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish yo‘lidagi faoliyatini yuksak qadrlashini aytgan. U bu kelishuvga erishish yo‘li oson bo‘lmaganini ham ta’kidlagan.

Shuningdek, Bayden garovga olingan 20 nafar isroillik ozod etilganidan xursandligini bildirgan. Uning fikricha, Yaqin Sharq Bayden barqaror bo‘lishiga umid qilgan tinchlik sari qadam tashlamoqda.

“Ushbu kelishuvga olib boradigan yo‘l oson bo‘lmadi. Mening ma’muriyatim garovga olinganlarni uylariga olib kelish, Falastin xalqiga yordam ko‘rsatish va urushni tugatish uchun tinim bilmay ishladi. Prezident Tramp va uning jamoasini o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidagi faoliyati uchun olqishlayman”, deb yozgan Bayden.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Misrning Sharm-al-Shayx shahrida o‘tgan sammitda G‘azo bo‘yicha tinchlik kelishuvini imzolagandi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing