Tramp AQSH Oliy sudi sudyasi lavozimiga nomzod ko‘rsatdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 26 sentyabr kuni yettinchi tuman apellyatsiya sudi sudyasi Emi Koni Barrett nomzodini AQSH Oliy sudi sudyasi lavozimiga ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilganini e’lon qildi. Marosim Oq uyning atirgullar bog‘ida bo‘lib o‘tdi. 

Marosim boshida Amerika rahbari birinchi xonim Melaniya Tramp, sudyalikka nomzod Barrett va uning oila a’zolari hamrohligida mehmonlar qarshisiga chiqdi. Shundan so‘ng u o‘z tanlovini e’lon qildi. 

"Bugun men mamlakatimizdagi eng ajoyib va iste’dodli advokatlardan birini Oliy sud sudyaligiga nomzod qilib ko‘rsatish sharafiga muyassar bo‘ldim", deydi Tramp. U Oliy sudning bo‘lajak yangi a’zosi nomzodini tezroq ko‘rib chiqish va tasdiqlanishiga umid bildirdi. 

"Tasdiqlash jarayoni juda aniq va tezkor bo‘lishi kerak", dedi u. 

Tadbirda Amerika ma’muriyati a’zolari, shuningdek, respublikachi senatorlar ishtirok etishgan. Atirgul bog‘ida 150 ga yaqin kishi yig‘ilgan. 

Keyinchalik, Pensilvaniya shtatiga uchishdan oldin, Tramp Senatning Barrett nomzodini tasdiqlash jarayoni 12 oktyabrda boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi. 

Barrett - Viskonsin, Illinoys va Indiana shtatlari bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqadigan AQSH Apellyatsiya sudining yettinchi okrugi sudyasi hisoblanadi. U o‘zining konservativ qarashlari bilan tanilgan. Diniga ko‘ra, Barrett – katolik. U 48 yoshda. Agar nomzodi tasdiqlansa, AQSH Oliy sudi hozirgi tarkibining eng yosh a’zosi bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Amerika Qo‘shma Shtatlari Oliy sudi sudyasi, 87 yoshli Rut Beyder Ginzburg 18 sentyabr kuni vafot etgandi. Keksa sudyaning o‘limiga saraton kasalligi sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing