Tramp AQSH Kinoaktyorlar gildiyasidan ketadi 

Olam

image
“Amerika qaytdi”. Bayden oshkora signal orqali AQSH dushmanlarini e’lon qildi north_east

“Amerika qaytdi”. Bayden oshkora signal orqali AQSH dushmanlarini e’lon qildi

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Amerika Kinoaktyorlar gildiyasiga tashkilotdan ketishini ma’lum qildi. Bu haqda "Fox News" xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, Tramp tashkilot a’zolari Kapitoliydagi g‘alayondan keyin uni chiqarib yuborish bilan tahdid qilgandan so‘ng Gildiyani tark etmoqda. 

"Ushbu maktub orqali sizga Gildiyadan zudlik bilan ketishim to‘g‘risida xabar beraman. Siz men uchun hech narsa qilmadingiz", deya Trampning maktubidan parchani keltirgan manba. 

Shuningdek, ushbu maktubda sobiq davlat rahbari kinodagi faoliyati, shu jumladan "Uyda yolg‘iz 2: Nyu-Yorkda adashgan" filmidagi roli bilan faxrlanishini yozgan. 

Avvalroq, amerikalik aktyor, Kaliforniyaning sobiq respublikachi gubernatori Arnold Shvarsenegger Tramp tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirgandan so‘ng AQSHning eng yomon Prezidenti sifatida tarixga kirishini aytgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi. Shundan so‘ng, bir qator messenjerlar ham Trampning akkauntlarini blokladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing