Tramp AQSH armiyasi uchun rekord miqdorda pul ajratishini e’lon qildi
Olam
−
30 Sentabr 2025 4315 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp qurolli kuchlarni misli ko‘rilmagan darajada moliyalashtirish rejasini e’lon qilib, 2026 yilda bu maqsadga bir trillion dollardan ko‘proq mablag‘ ajratishga va’da berdi. Uushbu bayonot uning mamlakatning yuqori harbiy qo‘mondonlari oldidagi nutqi chog‘ida yangradi.
“Juda muhimki, bu maqsadda 2026 yilda bizning qurolli kuchlarimiz uchun bir trillion dollardan ko‘proq mablag‘ sarflashni rejalashtiryapman va bu mamlakatimiz tarixidagi eng katta summa bo‘ladi. Bir trillion... bu juda katta pul”, deydi Tramp.
Rekord byudjet haqidagi bu bayonot mamlakatning yuqori harbiy rahbariyati kurs o‘zgarishi va ehtimoliy global mojaroga tayyorgarlik haqida e’lon qilgan o‘sha “misli ko‘rilmagan” yig‘ilishda yangradi.
Eslatib o‘tamiz, shu uchrashuvda Bosh shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Den Keyn AQSH “urushga tayyor bo‘lishi kerak”, chunki “raqiblar birlashdi”, deya ochiq bayon qilgan edi.
O‘z navbatida, Mudofaa vaziri Pit Hegset “askarlar bilan urush”ning tugaganini e’lon qilib, armiyani “zaharli mafkuraviy chiqindilar”, jumladan, “gender xatoliklar” va “ko‘ylak kiygan erkaklar”dan butunlay tozalashga va’da berdi.
Live
Barchasi