Tramp aqliy qobiliyatini testdan o‘tkazdi
Olam
−
01 mart 2024 7035 1 daqiqa
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp kecha, 29 fevral kuni aqliy qobiliyat testidan o‘tdi. U bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Men ikkita testdan o‘tdim, ikkalasi ham muvaffaqiyatli kechdi”, deb yozgan Tramp.
AQSHning sobiq rahbari bu testdan amaldagi Prezident Jo Baydenni ham o‘tishi kerakligini urg‘ulagan.
"Jo Bayden aqliy qobiliyat testini topshirishi kerak. Ehtimol, shu yo‘l bilan u nima uchun bunday noto‘g‘ri qarorlar qabul qilayotganini tushunishimiz mumkin", deydi Tramp.
Uning iddaosicha, test natijalaridan so‘ng Baydenning naqadar noto‘g‘ri qarorlari borligini bilsa bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy Prezident Baydenning qanday kasalliklar bilan og‘rigani haqidagi shifokor hisobotini e’lon qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr