Tramp: “Afg‘oniston tinchlik jarayonini boshqarishga qodir”

Olam

image

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining ma’lum qilishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp unga qo‘ng‘iroq qilgan. Suhbat davomida Qo‘shma Shtatlar rahbari rasmi Kobul tinchlik jarayonini boshqarishga qodir ekanligini bildirib o‘tgan. 

"Bugun Prezident Tramp menga qo‘ng‘iroq qildi va kecha bo‘lib o‘tgan tinchlik jarayonini rivojlantirish bilan bog‘liq muhim voqealar bilan tabrikladi. AQSH Prezidenti Afg‘oniston hukumati rahbariyatiga va rasmiylarning tinchlik jarayonidagi keyingi qadamlarni tashlashga qodirligiga ishonch bildirdi", deb yozdi Ashraf G‘ani Twitter’dagi o‘z sahifasida.

Avvalroq, Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi haqida o‘z munosabatini bildirgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Ashraf G'anini

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing