Tramp 2021 yil uchun byudjet loyihasini imzoladi
Olam
−
28 dekabr 2020
3255AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp 2021 yil uchun byudjet loyihasini imzoladi. Unda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq holda aholi va iqtisodiyotga yordam berish bo‘yicha 900 milliard dollarlik chora-tadbirlar to‘plami ham mavjud. Bu haqda Oq uy Matbuot kotibi o‘rinbosari Jadd Dir ma’lum qilgan.
"Tramp 2021 yil 30 sentyabrda yakunlanadigan moliya yili uchun byudjet mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi H.R. 133 qonun loyihasini imzoladi", deb yozgan Dir ijtimoiy tarmoqda.
Uning ta’kidlashicha, ushbu hujjatda shoshilinch yordam va COVID-19 epidemiyasi bilan kurashish uchun mablag‘ ajratish hamda boshqa maqsadlar ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Kongressi kelasi yil uchun mamlakat byudjeti bo‘yicha o‘zaro kelisha olmayotgandi. Demokratlar va Respublikachilar partiyalari koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash paytida iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash masalasida bahslashayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Qayd etilishicha, ushbu masala bo‘yicha muzokaralar davom etishi taxmin qilinmoqda.
LiveBarchasi