Tramp Hindistonga 25 foizlik boj joriy qildi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Hindistonga 1 avgustdan kuchga kiradigan 25 foizlik bojlar joriy qiladi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp bugun, 30 iyul kuni o‘ziga tegishli Truth Social'da xabarni joylashtirdi.

Uning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga qaramay, AQSH “juda yuqori tariflar, dunyodagi eng yuqori tariflar”, shuningdek, “qattiq va yomon pul bo‘lmagan to‘siqlar” tufayli Hindiston bilan “nisbatan kam” savdo qilmoqda.

Tramp Hindiston “har doim o‘zining harbiy texnikasining ko‘p qismini Rossiyadan sotib olgani”, shuningdek, “Xitoy bilan birga Rossiya energiya resurslarining eng yirik xaridori” ekaniga e’tibor qaratdi.

“Shu munosabat bilan Hindiston 1 avgustdan boshlab 25 foizlik tarif va yuqoridagi uchun jarima to‘laydi”, deb yozdi AQSH Prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 27 iyul kuni AQSH Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzgandi. Unga ko‘ra, Yevroittifoq AQSHdan 750 milliard dollarlik energiya resurslarini xarid qilishga va AQSH iqtisodiyotiga yana 600 milliard dollar sarmoya kiritishga rozi bo‘lgan. Shuningdek, Bryussel “juda katta miqdorda” harbiy texnika xarid qiladi. Kelishuv doirasida AQSH Yevroittifoqdan keladigan importning katta qismiga, jumladan, avtomobillarga 15 foizlik boj joriy qiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Hindiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing